Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatriga yangi direktor tayinlandi

19:54 08 Iyun 2021 Madaniyat
689 0

Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman eʼlon qilingan. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Yigʻilish soʻnggida kuni kecha tavallud kunini nishonlagan ustoz sanʼatkorlar Oʻzbekiston xalq artisti Naima Poʻlatova hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarovlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?