Muhsin Hisomiddinov oʻz tituliga Parij turniri gʻolibligini ham yozishga muvaffaqiyat boʻldi
4-iyul sanasida Fransiyaning Parij shahrida katta Kurash bayramini tashkil etish anʼanaga tusiga kirib bormoqda. Aynan shu kuni orzu va muhabbat ramziga aylangan Eyfil poyida nafaqat koʻhna qitʼaning balki dunyoning eng zabardast polvonlari kuch sinashadi.
Nufuzli Kurash bayramiga yigʻilgan shiddatli va jozibador bahslarga guvoh boʻlish bilan birga Oʻzbek madaniyati, sanʼati va albatta milliy hunarmandchilik koʻrgazmalaridan ham bahramand boʻlishadi.
Bu yil ham shunday boʻldi. Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi taqvim rejasidan oʻrin olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan vakillar ishtirok etishdi.
Kurash bahslari esa kutilganidanda shiddatli va murosasiz boʻlib oʻtdi. Nafaqat Jahon chempionlari balki boshqa sport turlaridan ham nomdor polvonlar, olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari, qitʼa va dunyoda tengsiz topilgan eng sara polvonlar gʻoliblik uchun gilamga chiqdi.
Kurash boʻyicha 4 karra jahon chempioni, 2 karra Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi Muhsin Hisomiddinov oʻz tituliga Parij turniri gʻolibligini ham yozishga muvaffaqiyat boʻldi.
U yarim final bahsida Serbiyalik Aleksandar Kalnakni magʻlubiyatga uchratdi.
Aleksandar Kalabikni Kurash muxlislari yaxshi bilishadi. U oʻtgan yili Germaniyaning Frankfurt shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasida tengsiz deb topilgan edi. Joriy yilning 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan Polshada Yevropa oʻyinlari doirasidagi Yevropa ochiq chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Final bahsida esa Yevropa ochiq chempionati gʻolibi Viktors Reskoning qarshiligini yengib oʻtgan Muhsin Hisomidddinov oltin medal va 3000 yevro pul mukofoti bilan Toshkentga qaytadigan boʻldi.
Ayollar oʻrtasida bahslar esa yanada qiziqarli oʻtdi. Unda Germaniyalik Jasmin Grabovski finalda Gruziyalik Elena Kebadzeni magʻlubiyatga uchratdi va Parij turniri gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Ruminiyalik Bianka Prodan va Kurash vatani vakilasi Sitora Husanovalar bronza medallari bilan taqdirlandi.
Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan, turnir doirasida madaniy tadbirlar tashkil etildi. Unda Oʻzbek sanʼatining taniqli yulduzlari oʻz qoʻshiqlari bilan ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini tuhfa etishdi.
Mazkur tadbirlarda IKA Administratsiyasi rahbari Mansur Mirzayev ishtirok etdi va Fransiyada Kurashni yanada rivojlantirish, keng hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida koʻplab uchrashuvlar oʻtkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring