Muhofaza hududidagi yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallaganlar javobgarlikka tortiladi

Illustrativ foto
Prezidentimizning shu yil 27-aprelda qabul qilingan “Jizzax viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra Zomin va Baxmal tumanlari tabiatini muhofaza qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil qilingan edi.
Ayni paytda mazkur organ tomonidan Jizzaxning soʻlim maskanlaridan boʻlgan Zomin va Baxmalning oʻsimliklar va hayvonot dunyosini, yer osti va usti boyliklarini, oʻrmon va suvlarni asrash, ekoturizm salohiyatini oshirish, turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amaliy ishlar, shuningdek, reydlar olib borilmoqda.
— Ona tabiat va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, oʻrmon va suv fondi resurslaridan oqilona foydalanish shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning nafaqat konstitutsiyaviy, balki insoniylik burchidir, — deydi Zomin tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi prokurori yordamchisi Suhrob Davranov. — Prokuratura tomonidan oʻtgan qisqa davrda bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramay, Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidagi “Oʻrmonchilik” ekoturizm qishlogʻida muhofaza etiladigan hududlar yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan, noqonuniy qurilmalar qurgan, oʻsimlik dunyosiga zarar yetkazgan, belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlayotgan 20 nafar fuqaroga maʼmuriy bayonnomalar tuzildi va sud organlariga yuborildi.
Shuningdek, olib borilgan tezkor nazorat tadbirlari natijasida yer qaʼridan noruda foydali qazilmalarni oʻzboshimchalik bilan qazib olish va davlatga zarar yetkazish bilan bogʻliq holatlar ham aniqlangan. Ushbu qonunbuzilishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- AQSHning ikki nafar yetakchi professori Namaganda uzoq muddatli faoliyatini boshladi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring