Muhim strategik obyektni qoʻriqlash katta masʼuliyat va sharaf

17:46 14 Yanvar 2022 Jamiyat
244 0

Foto: Халқ сўзи

Mamlakatimizning muhim strategik obyektlari hisoblangan Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi hududi hamda Shoʻrtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlarini qoʻriqlash va himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Gʻuzor tumanidagi harbiy qism zobit va askarlari jonbozlik koʻrsatmoqda.

Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi anjumanlar saroyida oʻtkazilgan bayram tadbirida harbiy qismning bir guruh zobit va askarlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan koʻkrak nishoni hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

— Muhim strategik obyektlarni himoya qilish katta masʼuliyat va sharaf, — deydi Toifalargan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qism zobiti, kapitan Kamol Murodov. — Men harbiyman, Vatanimizning har qarich yeri men uchun muqaddas, uni qoʻriqlash va koʻz qorachigʻidek asrash muqaddas burchim ekanini har lahzada his qilaman.

Bayram tadbiri davomida Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi yosh ishchilari va harbiylar ishtirokida “Breyn-ring” intellektual shousi boʻlib oʻtdi. Tadbir harbiycha jangovar qoʻshiqlar va raqslarga ulanib ketdi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?