Muhim masalalar muhokama etildi

11:05 11 Noyabr 2019 Jamiyat
703 0

Illyustrativ foto

Xalqaro Matbuot markazi Toshkent viloyati boʻlimida joriy yilning 22-dekabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlar jarayonini OAVda targʻib qiluvchi jurnalistlar akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

Yigʻilishda “Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar!” shiori ostida oʻtkaziladigan ushbu muhim siyosiy tadbirni OAVda har tomonlama puxta, tezkor va haqqoniy yoritish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga asosan 20-oktyabrdan 20-noyabrga qadar oʻtkazilayotgan “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”da viloyat jurnalistlarining faolligini kuchaytirish lozimligi uqtirildi.

Viloyatdagi barcha tuman va shaharlardagi mavjud tashkilot va korxonalar jamoalarida, taʼlim muassasalarida, mahallalarda, shuningdek aholi gavjum boʻlgan barcha maskanlarda Saylov kodeksi mazmun-mohiyatini, ushbu saylovlarning mamlakatimiz siyosiy salohiyatini yuksaltirishda tutgan oʻrnini targʻib qilishda amaldagi qonunchilikka qatʼiy itoat etish lozimligi taʼkidlandi. Bu borada viloyatdagi mavjud bosma va elektron ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, blogerlar, shuningdek, hududiy hokimliklar, korxona va tashkilotlar axborot xizmatlari xodimlarning ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishiga eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida viloyat saylov komissiyasiga akkreditatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilgan OAV vakillarining 48 nafariga guvohnomalar topshirildi.

Shu kuni Toshkentviloyati hokimligi binosida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha kommunal sohada olib borilayotgan ishlar: muammo, yechim, istiqbol” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda, viloyat hokimining tegishli oʻrinbosarlari, kommunal soha rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Viloyat hududidagi mahalla va koʻchalarni, koʻp qavatli turar-joy binolarni mavsumga tayyorgarligi qay ahvolda ekanligi oshkora tahlil va suhbatlar jarayonida koʻrib chiqildi. Mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf etish yuzasidan tegishli hokimlik va tashkilotlar rahbarlariga koʻrsatmalar berildi.

Aholini gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash borasidagi kamchiliklarni tezda bartaraf etish lozimligi taʼkidlandi.

Shodiyor Mutaharov,
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер