Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Ramzan Qodirov” masjidi ochilishida qatnashadi

22-avgust kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Shali shahrida bunyod etilgan muhtasham “Ramzan Qodirov” masjidining ochilish tadbirida ishtirok etish uchun ushbu davlatga joʻnab ketdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga hukumat vakillari, ulamolar, mudarrislar va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan.
Ushbu nufuzli marosimda davlat va din arboblari, muftiylar, taniqli islom ulamolari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi. Shuningdek, masjidning ochilish marosimi doirasida turli diniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumki, mazkur ulugʻvor masjid meʼmorchilik anʼanalarini bezavol saqlab kelayotgan mahoratli oʻzbek meʼmorlari tomonidan loyihalashtirilgan va Markaziy Osiyoga xos uslubda qurilgan.
Mazkur xalqaro tadbir jarayonlari saytimiz orqali yoritib boriladi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring