Muammolarni hal etish boʻyicha maʼsul tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuboriladigan boʻldi

19:56 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
334 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Fraksiya aʼzolari dastlab “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi.

Mazkur loyiha bilan fuqarolar davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan sudlarga murojaat qilish chogʻida belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlashi nazarda tutilmoqda.

Fraksiya aʼzolari qonun loyihasini elektorat manfaatlari, partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, atroflicha muhokamadan oʻtkazdi, uning har bir normasi qizgʻin muhokama qilindi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Yigʻilishda shuningdek, “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzolarining joriy yilning 27-30-sentyabr kunlari saylov okruglaridagi aholi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarida koʻtarilgan masalalar ham koʻrib chiqildi.

Ushbu muammolarni hal etish boʻyicha maʼsul tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuboriladigan boʻldi.

Kun tartibidagi barcha masalalar fraksiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib, fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?