Muallimning obroʻyini koʻtarib, taʼlimni toʻgʻri yoʻlga qoʻymas ekanmiz, natija boʻlmaydi — Prezident oʻqituvchilar bilan suhbatlashdi

18:28 08 Oktyabr 2021 Siyosat
682 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi 9-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini borib koʻrdi.

Bu maktab 1979-yilda qurilgan. Binolar eski, xonalar kamligi tufayli talabga javob bermay qolgan. Oʻquvchi oʻrni bor-yoʻgʻi 250 ta.

Taʼlim sifati esa juda yaxshi. Oʻquvchilarning oliy taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish koʻrsatkichlari yuqori.

Qolaversa, atrofda yangi uylar qurilib, aholi soni koʻpayishi bilan maktabga talab oshib bormoqda.

Prezident ushbu muassasa oʻrnida 1 ming 500 oʻrinli zamonaviy maktab barpo etish maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.

— Mamlakatimiz bugun oʻz oldiga qoʻyayotgan maqsadlarni amalga oshiradiganlar - kadrlar. Muallimning obroʻyini koʻtarib, taʼlimni toʻgʻri yoʻlga qoʻymas ekanmiz, natija boʻlmaydi. Shuning uchun kelgusi besh yilda maktablarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha yangi Milliy dastur qabul qilinadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ushbu maktab oʻqituvchilari bilan suhbatlashdi. Ular maktab taʼlimini yaxshilash va muallimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarini aytdi.

Shu yerda Surxondaryo viloyatida umumtaʼlim tizimini rivojlantirish choralari muhokama qilindi. Surxondaryo viloyatida 96 ming qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Buning uchun 21 ta yangi maktab va 358 ta maktablarda yangi binolar quriladi, 116 ta maktab mukammal taʼmirlanadi. Axborot texnologiyalari, matematika, kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashgan 19 ta maktab tashkil etiladi.

Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyati IIB Tergov boshqarmasi gumonlanuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?