MSK Prezident sayloviga tayyorgarlikni boshladi

Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar berishicha, komissiyaning majlisida Oʻzbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Qayd qilinishicha, 2021-yilning 14-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi va Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qator nizomlari loyihalari muhokama qilindi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartishlarga binoan endi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari saylovi ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi batafsil muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Dasturdan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ilk bor Saylov kodeksi asosida oʻtajak Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish borasida qadamba-qadam amalga oshiriladigan ishlar oʻzining batafsil ifodasini topgan. Bajariladigan vazifalarning ijro muddati va masʼul ijrochilari aniq koʻrsatilgan.
Avvalo, saylovga tayyorgarlik koʻrish jarayonini huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash, saylov jarayoni ishtirokchilarining saylov qonunchiligiga oid bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash borasidagi ishlarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda barcha okrug va uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari uchun seminarlar, treninglar, oʻquv mashgʻulotlari, konferensiyalar, davra suhbatlari boshqa tadbirlar, jumladan on-layn muloqotlar, oʻtkaziladi.
Asosiy tadbirlar dasturida saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, ushbu jarayonda axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish, saylovga tayyorgarlik jarayonini koronavirus pandemiyasi sharoitini hisobga olgan holda oʻtkazish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Markaziy saylov komissiyasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibini belgilab beruvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibiga doir nizomlar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring