Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻli loyihasi “asr hodisasi” boʻldi — Senat Raisi

12:39 05 Fevral 2021 Siyosat
705 0

Oliy Majlis Senatining oʻn ikkinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.

– Butun dunyoda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, yaqin va uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va toʻqnashuvlar, koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz oʻzining ochiq va pragmatik tashqi siyosatini faol olib bormoqda, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Ayniqsa, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ilgari surilgan va butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi koʻp millatli xalqlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻli loyihasi “asr hodisasi” boʻldi, desak mubolagʻa emas. Kuni kecha boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston uch tomonlama ishchi guruhning birinchi yigʻilishida ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Oʻzbekistonning mazkur loyihani ilgari surish boʻyicha qatʼiy saʼy-harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro dengiz portlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega boʻlmaganligi bois, xalqaro tashuvlar va tranzit xarajatlari dengiz yoʻliga erkin chiqa oladigan mamlakatlarga qaraganda 2-3 baravar yuqori.

Mazkur loyiha Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining barqaror rivojlanishini taʼminlashda strategik ahamiyatga ega boʻlib, oʻzaro hamda global savdo-iqtisodiy aloqalarning yangi davrini boshlab beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?