Moskvada qatʼiy karantin eʼlon qilindi

14:40 22 Oktyabr 2021 Dunyo
1087 0

Rossiyada 28-oktabrdan 7-noyabrgacha dam olish ham eʼlon qilingan. Koronavirus holati, ayniqsa, poytaxt Moskvada yomonlashgani sabab ishlanmaydigan haftada Moskvada karantin choralari kuchaytiriladi.

Shu kunlari faqat zaruriy mahsulotlar: oziq-ovqat, dori-darmon sotadigan doʻkonlar ishlaydi. Ovqatlanish shoxobchalari yetkazib berish va olib ketish xizmatini koʻrsatadi.

Maktab va bogʻchalar yopiq boʻladi. OTMlar masofaviy taʼlimga oʻtadi.

60 yoshdan oshgan vaksina olmagan moskvaliklar uchun 4 oylik majburiy izolyatsiya talabi qoʻyilgan. Ularning jamoat transportidan bepul foydalanishi ham cheklanadi.

Rossiyada vaksinatsiya sust kechmoqda. 15-oktabr holatiga koʻra, 144 million aholining faqat 48 millioni vaksinaning toʻliq dozasini olib boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?