Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

00:53 26 Iyul 2024 Jamiyat
256 0

Moskvada bir guruh yurtdoshimizning 950 ming rubl oylik maoshi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning «Megatron» korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik maoshi ish beruvchidan undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер