Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berildi

21:11 23 Iyul 2021 Dunyo
407 0

Ommaviy axborot vositalarida Moskva viloyatidagi kafelardan birining yaqinida mehnat migrantlari oʻrtasida mushtlashuv yuz bergani va oʻq ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati bilan bilan bogʻlanib, vaziyatni oʻrgandi.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ushbu mushtlashuv 18-iyuldan 19-iyulga oʻtar kechasi Moskva viloyati Aprelevka shahrida joylashgan «Xorosheye mesto» kafesi yaqinida Rossiya Federatsiyasining 10-15 nafar fuqarolari ishtirokida yuz bergan.

Mazkur mojaroda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?