Moskva metrosi kassasida oʻzbek tilida boʻsh ish oʻrni haqida eʼlon paydo boʻldi

11:10 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
600 0

Rossiya Federatsiyasi hududidagi boʻsh ish oʻrinlari haqida eʼlonlar beriladigan saytda oʻzbek va tojik tillarini biladigan nomzodlar uchun Moskva shahrining «Lesoparkovaya» metro bekati kassasida boʻsh ish oʻrni haqida eʼlon paydo boʻldi.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi maʼlum qildi.

Avvalroq, McDonaldʼs tez ovqatlanish restoranlari global tarmogʻining Moskva shahridagi savdo avtomatlarida oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillarida hamda Moskva shahrining «Lesoparkovaya» metro bekatida oʻzbek va tojik tillarida yozuvlar paydo boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?