MOQning olti oylik faoliyatiga OAV xodimlari bilan nazar tashlandi

18:31 26 Iyul 2023 Sport
1340 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Bugun Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va 2-yarim yillik rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov mavzu yuzasidan OAV xodimlariga atroflicha maʼlumot berdi.

Oybek Omilovich Yoshlar siyosati va sport vazirligi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan Xanchjou-2022 Osiyo hamda Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari va boshqa kompleks musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik, soʻnggi olti oyda nufuzli xalqaro musobaqalarda atletlarimiz qayd etgan natijalar, terma jamoalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, xalqaro tashkilotlar bilan yoʻlga qoʻyilayotgan doʻstona aloqalar haqida toʻxtaldi. Shundan soʻng jurnalistlar mavzu yuzasidan spikerga oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер