MOQ qoshidagi “Olimpik” klubi Turkiyadagi yigʻinini yakunladi

13:58 23 Iyul 2023 Sport
562 0

Milliy olimpiya qoʻmitasi qoshidagi “Olimpik” klubi Turkiyadagi yigʻinini yakunladi. Temur Kapadze shogirdlari Isparta shahrida tashkil etilgan yigʻin davomida 3 ta oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishdi. Qayd etish joiz yigʻin davomida klublarning oʻzaro kelishuvi asosida baʼzi bahslarga oʻzgartirish kiritildi.

Jamoamiz dastlab Qatarning “Al Marhiya”sini 4:1 hisobida dogʻda qoldirgan boʻlsa, “Alanya 1863” darvozasiga javobsiz 16 ta toʻp kiritdi. Turkiyaning 2019/20 yilgi chempioni, hozirda turk futbolining oltin avlodi vakili Emre Belezoglu boshqarib borayotgan “Istanbul Bashakshehir”ga esa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Olimpik” ikkinchi davraga tayyorgarlikni endilikda Toshkentda davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер