Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakillari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda

Gruziya Milliy raqobat agentligining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Xaitmetov Elmurat Sidikmatovich hamda Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga taʼsirini hamda davlat koʻmagini samaradorligini baholash boshqarmasi boshligʻi Fayazov Ulugʻbek Nabijanovich joriy yilning 16-17-noyabr kunlari Tbilisi shahrida oʻtkazilayotgan “Raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda.
Ushbu xalqaro konferensiyada Gruziyaning Bosh vaziri, Parlamenti raisi, Tashqi ishlar vaziri, Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri, Milliy raqobat agentligi raisi, Ozarbayjon Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish va isteʼmol bozorini nazorat qilish davlat xizmati boshligʻi, Litva va Moldova respublikalarining Raqobat kengashlari raislari, Shimoliy Makedoniyaning Raqobatni himoya qilish komissiyasi raisi, Аlbaniya Raqobat idorasi raisi, YuNKTАDning Raqobat va isteʼmol siyosati boʻlimi boshligʻi, bir qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish idoralari, biznes sektori vakillari ishtirokida boʻlib oʻtadi.
Konferensiya kun tartibiga muvofiq tadbir davomida raqobat siyosatidan tortib isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarigacha boʻlgan asosiy masalalar va monopoliyaga qarshi kurashish hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida fikr va tajriba almashish, shuningdek vakolatli organlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish maqsad qilingan.
Shuningdek, konferensiyaning ikkinchi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan Gruziya Milliy raqobat agentligi oʻrtasida raqobat qonunchiligini qoʻllash sohasida oʻzaro anglashuv hamda hamkorlik toʻgʻrisida memorandumni imzolash rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring