Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi benzin narxini oshiradigan AYQSHlarni ogohlantirdi

Foto: Arxiv surat
Respublikaning ayrim hududlaridagi AYQSHlarda AI-80 benzinning chakana narxlari oʻrtacha 6 800 soʻmdan 7 100 soʻmgacha oshganligi kuzatilmoqda.
Joriy yilning 5-dekabr kuni birja savdolari natijasiga koʻra AI-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun oʻrtacha 8 mln soʻmni tashkil etib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan noyabr oyiga nisbatan 4 foizga oshgan.
Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilingan benzin oʻrtacha 5-10 kundan keyin yuklab joʻnatiladi va sotuvga chiqariladi. Yaʼni, birja savdolarida kuzatilgan narx oʻsishi 10 kundan keyin AYQSHlardagi chakana narxlarga oʻz taʼsirini koʻrsatishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan avtomobil benzini narxlarini sunʼiy oshirishga, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, birja savdolariga qoʻyiladigan AI-80 markali benzinning kunlik hajmlarini oshirish va narxlarni barqarorlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5-dekabr kunidan boshlab birja savdolariga qoʻshimcha 1 ming tonna AI-80 benzini qoʻyilishi taʼminlandi. Shu munosabat bilan, Respublikadagi barcha AYQSHlardan xalqimizni gaz va issiqlik bilan taʼminlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilishi evaziga benzinga boʻlgan talab oshganligi sababli asossiz qoʻshimcha daromad olish holatlariga yoʻl qoʻymasliklari soʻraladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi benzin narxlari doimiy monitoring qilib borilishini va narxlarni sunʼiy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda ushbu subyektlarga belgilangan tartibda tegishli chora koʻrilishini maʼlum qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring