Moliyaviy va akademik mustaqillikning afzalliklari nimada?

Foto: Халқ сўзи
2021-yil 24-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oliy taʼlim tizimini tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta muhim hujjat, yaʼni “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlar imzolandi. Ushbu qarorlar Oliy taʼlim muassasalariga bir qator yengilliklar yaratib berish bilan birga, professor-oʻqituvchilar va talabalarga ham katta qulaylik olib kelishi, OTM rahbariyati tomonidan taʼlimni optimallashtirish orqali sifat darajasini oshirish, oʻqituvchi va talabalardan oʻquv yuklamasini kamaytirish orqali fanlarni yaxshi oʻzlashtirishga yoʻl ochib beradi.
Bunga koʻra: oliy taʼlim muassasasi va uning tuzilmasidagi taʼlim muassasalari uchun oʻz grafigi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, taʼlim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish, tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida: faoliyatining asosiy yoʻnalishi taʼlim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan, davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qatʼi nazar muassasaning tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash; mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagi taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklarni tugatish; pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash; xorijiy davlat fuqarolarini toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish va masofaviy taʼlim olish shaklida oʻqitishni tashkil etish kabi masalalar atroflicha koʻrib chiqilmoqda.
Samarqand davlat tibbiyot universitetiga moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan 35 ta Oliy taʼlim muassasasi qatoriga kiritilgan va bu universitetni modernizatsiya qilishni tezlashtirishga katta hissa qoʻshadi. Ushbu jarayonga tayyorgarlik sifatida universitetda ilmiy konferensiyalar tashkil qilinmoqda. 2022-yilning 10-yanvardan 24-yanvarga qadar Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor- oʻqituvchilari va xodimlari uchun fakultetlar va boʻlimlar kesimida 450 nafar tinglovchini qamrab olgan oʻquv-kurslarini oʻtkazilmoqda.
Ilmiy tadqiqotlarda kollaboratsiya, xalqaro reputatsiya va ilmiy grantlar yoʻnalishida “editoriy” kompaniyasi eksperti, Akfa Universiteti xalqaro aloqalar, ilmiy tadqiqotlar boʻlimlari boshligʻi Innovatsion rivojlanish vazirligi xalqaro eksperti Bexzod Abdullayev hozirda “scopus” va “web of science” xalqaro bazasidagi xaqaro reytingi yuqori nashrlarda ilmiy maqola chop etish, unda nimalarga etibor qaratish kerakligi, qanday qilib dolzarb mavzuni tanlash, iqtiboslikni oshirish, qanday qilib eng yuqori darajadagi maqolani tayorlash keragi borasida oʻzining bilimlari bilan ulashdi.
Keys-stadi – talabalarni mustaqil fikrlashga yoʻnaltirish omili sifatida fanlar negizidagi ahamiyati boʻyicha Professor Yusupalixodjayeva Saodat Xamidullayevna professor – oʻqituvchilarga taʼlabalarni mustaqil ishlashga oʻrgatish qanday qilib talabga kerakli bilim koʻnikmalarni oshirish, kerakli kalit soʻzlar orqali ularga tushunarli boʻladigan maʼruza materiallarni tayyorlash kerakligi boʻyicha soʻz olib bordi.
Talaba va tinglovchilarga amaliy koʻnikmalarni oʻrgatish asoslari, amaliy koʻnikmalar boʻyicha kundalik tuzish qoidalari dotsent Xusinova Shoira Akbarovna. Dars oʻtishda pedagogik usullar, Taʼlim jarayonini raqamlashtirish, Dars oʻtishda ilmiy yondashuvlar, Baholash mezonlari, Shaxsiy elektron kutubxona yaratish, Ilmiy loyihalarni tayyorlash, Masofaviy taʼlim, Fan dasturi va sillabus tayyorlash, kabi mavzular boʻyicha oʻquv kurslarini olib borish borasida tinglovchilarga maʼlumot berdi.
Jasur Rizayev,
Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring