Moliyalashtirilishi rad etilgan 2 ta loyiha Jamoatchilik kengashida muhokama qilindi

07:26 20 Sentyabr 2022 Jamiyat
263 0

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashi yigʻilishining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi A.Mirdjalilov ochib, majlis keng jamoatchilik vakillari kuzatishi uchun onlayn tarzda oʻtkazilayotganligini qayd etdi. Unda vazirlik Hayʼati tomonidan moliyalashtirilishi rad etilgan 2 ta loyiha muhokama qilindi.

Xususan, “Mahalliy xom ashyo asosida yongʻin xavfsizligi jangovar kiyimlari uchun olovbardosh kompozitsiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi bajarilishi uch yilga moʻljallangan amaliy loyiha boʻyicha vazirlik Hayʼati tomonidan qabul qilingan qaror asosli deb topilib, oʻzgarishsiz qoldirildi. Oʻz navbatida, loyihani takomillashtirgan holda vazirlik tomonidan eʼlon qilinadigan navbatdagi tanlovlarga topshirish mumkinligi qayd etildi.

Shuningdek, “Innovatsion texnologiyali radiolokatsion kosmik tasvirlardan foydalangan holda Oʻzbekistondagi muzliklar va qor koʻchkilarini tadqiq qilish” mavzusidagi bajarilishi ikki yilga moʻljallangan amaliy loyiha muhokama qilindi. Muhokama natijalariga koʻra, loyihani qayta koʻrib chiqish va moliyalashtirish masalasi vazirlik Hayʼatiga chiqarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?