Moliya organlarining 41 nafar xodimiga korrupsiya holatlari uchun jinoiy ishi ochildi

Avvalroq, Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart - sharoitlariga bagʻishlangan idoralararo yigʻilish boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edik.
Yigʻilishda qayd etilishicha, Moliya organlarining byudjet sarfini toʻlaqonli nazorat qilishiga tizimdagi korrupsiya holatlari ham toʻsqinlik qilmoqda. Yaʼni shu davr ichida moliya organlarining 41 nafar xodimiga korrupsiya holatlari uchun jinoiy isht ochilgan. Masalan, Davlat moliyaviy nazorati departamentiningSurxondaryo viloyati boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi N. Uzun qurilish kollejida aniqlangan 265 mln. soʻmlik kamomadni yashirish evaziga kollej bosh hisobchisi A. dan 2.000 dollar va 500 ming soʻm olganligi uchun sud hukmi bilan jazolangan. Yoki, Gʻaznachilikning andijon viloyati boshqarmasi mansabdor shaxslari xodimlarga ish haqi berish vaji bilan bankdan 1 mlrd. soʻm ortiqcha pul olishga erishib, uni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring