Moʻynoqqa pushti va jingalak saqoqushlar uchib keldi

07:14 24 May 2022 Jamiyat
431 0

Foto: Халқ сўзи

Bu haqida “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi xodimlari nazorat tadbirlari davomida pushti va jingalak saqoqushlar galasini tasvirga olishga muvaffaq boʻlishdi.

Bu qushlarning havo xaltasi hamda skeleti gʻovak boʻlgani tufayli suvda yaxshi suzadi va yaxshi ucha oladi. Toʻda boʻlib dengiz, daryo va koʻl orollaridagi qamishzorlarda toʻplanadi. Daraxt va yerga uya quradi. Odatda 2-3 ta tuxumini nari va modasi 35-40 kun navbat bilan bosadi. Polaponlari 70-75 kunda uchirma boʻladi.

Pushti va jingalak saqoqushlar soni qisqarib borayotgan tur sifatida Oʻzbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?