“Moʻynoqqa – madad” ekologik xayriya velomarafonining Sirdaryo viloyati bosqichi start oldi
Bugun Guliston shahridagi “Yurt bayrogʻi” maydonida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi hamkorligida mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafonining Sirdaryo viloyati bosqichiga start berildi .
— Mazkur ekologik tadbirdan koʻzlangan maqsad keng koʻlamli, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati, Ekologik partiya fraksiyasi aʼzosi Nosirjon Aminov. — Avvalo ekologik velomarafondan tushgan mablagʻ Moʻynoq tumanidagi Ali ovulini obod qilish, irrigatsiya tizimlarini yaxshilash, toza ichimlik suvi tarmogʻini tortish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholining boshqa muammolarini hal etish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Ayni paytda ushbu marafon sportni ommaviylashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, keng jamoatchilikning Orol muammosiga boʻlgan eʼtiborini yana-da kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
Eʼtiborlisi, velomarafon ishtirokchilari orasida professionallar qatori havaskorlar ham koʻpchilikni tashkil etmoqda. Oʻn uch yoshli Marjona Qobiljonova esa Sirdaryo viloyati bosqichining eng yosh qatnashchisi boʻldi. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining velosport boʻyicha bosh murabbiyi, ushbu sport boʻyicha terma jamoamiz aʼzosi Dilmurod Siddiqovning maʼlum qilishicha, toʻrt nafar paralimpiyachilarimiz ham marafonning oxirigacha, yaʼni Moʻynoqqacha boʻlgan barcha bosqichlarida qatnashishni oʻz oldilariga qatʼiy maqsad qilib qoʻyishibdi.
Maʼlumot uchun: “Moʻynoqqa madad” velomarafoni 21-may kuni Andijon shahridan start olgan edi.
Surayyo KELDIBEKOVA,
Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar
universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring