Moʻynoq yangi qiyofaga kirmoqda

10:32 27 Mart 2019 Jamiyat
1482 0

Prezidentimiz 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida shahar va tumanlar qiyofasini tubdan yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investorlarni keng jalb qilish, aholiga barcha qulayliklarni yaratish borasida muhim vazifalar belgilab bergan edi.

Xususan, Moʻynoq tumanini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinib, 2019-2021 yillarda jami 1 trillion 485 milliard soʻmlik qurilish-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilmoqda. Shundan joriy yilda 40 ta ijtimoiy soha obyektida bunyodkorlik ishlari bajariladi. OʻzA xabariga koʻra, hozirda amfiteatr, madaniyat saroyi, sport kompleksi, Yoshlar markazi kabi obyekt va koʻp qavatli turar-joylar qurilmoqda. Markaziy koʻchalardagi yoʻllarni taʼmirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi va tabiiy gaz tarmoqlarini yangilash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

- Orol muzeyi binosini qurmoqdamiz, - deydi “Beruniy Agroqurilish” MCHJ ish yurituvchisi Yusufboy Nurullayev. - Ayni paytda temir-beton va gʻisht terish ishlari qizgʻin bajarilyapti. Yangi muzey binosi mustaqilligimizning 28 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. Ushbu maskanga kelgan turistlar koʻrgazma zalidagi eksponatlar va 3D kinozalida Orol tarixi toʻgʻrisidagi filmlarni tomosha qiladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер