“Avtomashina yuvish shoxobchasi”da qoldirilgan “Malibu” olib qochildi

12:59 05 Avgust 2021 Jamiyat
323 0

Joriy yilning 2-avgust kuni soat 14:30 larda Namangan shahrida joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasida ishchi boʻlib ishlovchi 18 yoshli Osimxon A., shu yerda ishlab turib, yuvish uchun qoldirib ketilgan 25 yoshli Ayubxon A.,ga tegishli boʻlgan “Malibu” rusumli avtomashinasini, avvaliga yuvib, soʻngra nomaʼlum tomonga boshqarib ketgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Osimxon A.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida “Malibu” rusumli avtomashina Davlatobod tumani “Porloq” mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan.

Hozirda O.A.,ni ushlash choralari koʻrilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agarda siz suratdagi shaxs haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, 69-227-22-62, 97-592-17-71 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni soʻraymiz.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?