Moderna vaksinasi taʼminotida uzilish boʻlib qolmaydimi?

00:09 20 Avgust 2021 Jamiyat
620 0

Moderna vaksinasining 1-dozasini olganlar 2-dozasini olishi kerak boʻlgan vaqtga uning taʼminotida uzilish boʻlib qolmaydimi?

Savolga koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov javob berdi.

- Muayyan vaksinaning birinchi dozasini olgan fuqarolar uchun albatta keyingi dozalarini olishi uchun hamma kerakli choralar koʻrilgan. Siz aytgan Moderna vaksinasining 1-dozasini olgan fuqarolar uchun 2-dozasi maxsus omborxonalarda saqlanmoqda. Faqat Sputnik V vaksinasining 2-komponentini yetkazishda bizga bogʻliq boʻlmagan ravishda uzilish boʻlib qoldi, u ham yaqin kunlarda bartaraf etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?