Mobil telefonlarning aksariyat qismi qaysi davlatlardan kelishi aniqlandi

23:33 27 Noyabr 2021 Jamiyat
634 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvaridan oktabrigacha Oʻzbekistonga jami 154,2 million dollarlik 2,2 million dona telefon import qilingan.

2021-yilda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 million dona koʻproq telefon import qilingan.

Oʻzbekiston mobil telefonlarini eng muhimi quyidagi davlatlardan import qilgan:

Xitoy – 79,5 million dollar;

Vetnam – 60 million dollar;

Hindiston – 7,2 million dollar;

Qozogʻiston – 5,3 million dollar;

BAA – 1,4 million dollar;

Germaniya – 647 ming dollar;

Rossiya – 175,8 ming dollar.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 20,9 million dollarlik 303 303 dona mobil telefon import qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?