Misr orqali Afrika bozoriga eksportni yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi

Foto: «Халқ сўзи»
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Misr Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Xamdi Abu al-Aneyn boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuvda tekstil sanoatida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Misrda Oʻzbekiston savdo uyini hamda Fargʻona toʻqimachilik va tikuv – trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining logistik omborini tashkil etish, Afrika bozorining kaliti hisoblangan Misr orqali qitʼaning boshqa davlatlariga hamkorlikda eksportni yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi. Ijtimoiy-madaniy sohalardagi hamkorlik koʻlamini yangi bosqichda rivojlantirish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Fargʻona viloyati bilan Misrning Kalyubiya muhofazasi (viloyati) oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hududlararo aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ikki viloyat ishbilarmonlari kengashini tashkil etish, oʻzaro amaliy tashriflarni amalga oshirish masalalari kelishib olindi.
Samimiy muloqotda misrlik tadbirkorlar Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Fargʻoniy tugʻilib oʻsgan diyorda boʻlib turganliklaridan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.
Tashrif doirasida Fargʻona shahrida ikki yurt tadbirkorlari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi, mehmonlar uchun viloyatdagi yirik tekstil korxonalari boʻylab sayohat tashkil etildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 422 ta Hukumat qarori bekor qilindi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb eʼlon qildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring