Misr chegara oʻtkazish punktlari orqali kirishda oʻzgarishlar boʻlgani maʼlum qilindi

15:24 22 Yanvar 2022 Dunyo
638 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qohira shahridagi Elchixonasi xabariga koʻra, Misr Sogʻliqni saqlash va aholishunoslik vazirligi mamlakatga havo, dengiz portlari va quruqlikdagi chegara oʻtkazish punktlari orqali kirishda oʻzgarishlar boʻlganini maʼlum qildi.

2022-yil 22-yanvaridan boshlab Misrga kelgan barcha fuqarolar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yoki mamlakat Dori-darmon agentligi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni taqdim etishlari shart. 12 yoshgacha boʻlgan bolalar bundan mustasno.

Shu bilan birga, Sinopharm, Sinovac, AstraZeneca, Sputnik V, Moderna, Pfizer va Johnson & Johnson vaksinalari Misrning oʻzida favqulodda foydalanish uchun roʻyxatga olingan.

Emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatda sayohatchi kelishidan kamida 14 kun oldin bir martalik vaksinaning bitta dozasini yoki ikki martalik vaksinaning oxirgi dozasini olganligini koʻrsatishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер