Mirziyoyev, Szinpin, Erdogʻan bilan muzokaralar. Putinning Samarqandda boʻladigan SHHT sammiti doirasidagi uchrashuvlari maʼlum qilindi

22:46 13 Sentyabr 2022 Dunyo
704 0

Foto: Коммерсантъ

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar davlat rahbarlari kengashining Samarqandda boʻlib oʻtadigan yigʻilishida nutq soʻzlaydi va koʻplab ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlum qildi.

«Prezidentimiz SHHT majlisida ham tor doirada, ham kengaytirilgan tarkibda nutq soʻzlaydi. U tashkilot oldida turgan vazifalar haqida oʻz qarashlarini batafsil bayon qiladi va SHHT faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ayrim chora-tadbirlarni taklif qiladi», dedi Ushakov jurnalistlarga.

Uning soʻzlariga koʻra, sammit doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining koʻplab ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgan. Xususan, u Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Eron prezidenti Ibrohim Raisi, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muloqot qiladi.

«Xitoy rahbari bilan uchrashuvdan soʻng prezidentimiz Si ​​Szinpin va Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ishtirokida anʼanaviy uch tomonlama Rossiya — Xitoy — Moʻgʻuliston uchrashuvi boʻlib oʻtadi», dedi Ushakov.

«Mavjud nazorat-oʻtkazish punktlarini kengaytirish va yangilarini yaratish, Moʻgʻuliston hududi orqali Rossiyadan Xitoyga «Soyuz Vostok» gaz quvurini qurish boʻyicha qadamlarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, turizm qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyishdan tomonlar jiddiy manfaatdor», dedi u.

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolanadi

Rossiya rahbari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi.

«Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolanadi. Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordeni topshirish marosimi boʻlib oʻtadi», deydi Putinning yordamchisi.

Shuningdek, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirgan.

Si Szinpin bilan nimalar muhokama qilinadi?

15-sentyabr kuni Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Ukrainadagi vaziyatni batafsil muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

“Mazkur xalqaro vaziyatning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ushbu uchrashuvning oʻzi alohida ahamiyatga ega”, dedi Ushakov va Samarqandda aynan Rossiya — Xitoy aloqasiga katta eʼtibor qaratishini qoʻshimcha qildi.

“Xitoy Ukraina inqiroziga muvozanatli yondashib, Rossiyani maxsus harbiy operatsiya oʻtkazishga majbur qilgan sabablarni tushunishini aniq eʼlon qiladi va bu masala, albatta, boʻlajak muloqot chogʻida batafsil muhokama qilinadi”, deydi Ushakov.

Erdogʻan bilan uchrashuvning kun tartibi

16-sentyabr kuni Putin turkiyalik hamkasbi Erdogʻan bilan “don kelishuvi”ni amalga oshirish, shuningdek, Ukraina, Suriya va Kavkazdagi vaziyatni muhokama qiladi.

“Davlat rahbarlar, shuningdek, bir qator xalqaro mavzularni – iyul oyida Istanbulda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish («don kelishuvi”), Ukraina va Donbassdagi vaziyat, shuningdek, hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarini batafsil koʻrib chiqishi kutilmoqda. Suriya va Kavkazda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar ham shular sirasiga kiradi», dedi Ushakov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, boʻlajak muzokaralar chogʻida iqtisodiy masalalar katta oʻrin egallaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер