Mirziyoyev Prezidentning yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Abduvohitov va Savdo-sanoat palatasi raisi Ikromov faoliyatini tanqid qildi

16:51 13 Aprel 2021 Jamiyat
1020 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 13-aprel kuni yoshlar bandligi va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

OʻzAning yozishicha, Prezident vazifalar belgilab berilganiga qaramay, ayrim rahbarlarning yoshlar masalalariga eʼtibori hali ham talab darajasida emasligini keskin tanqid qilgan.

– Biz yil boshida yoshlar masalasini bejiz Davlat xavfsizlik xizmatiga topshirmagan edik. Bu boradagi oʻrganishlar joylarda saviya yoʻqligini koʻrsatdi. Tuman, shahar hokimlari, hozirgi zamon talabiga mos ish qilolmayapti, rektorlar nomiga yuribdi. Nimaga rektor yoshlar bilan uchrashdi, 2-3 ta talabani ishli qildi, degan gapni eshitmaymiz? Yoki rektorlar nega talabalar turar joylariga borib sanʼat arboblari bilan uchrashuv oʻtkazmaydi, nimaga taklif bermaydi? Ota-onalar rektorlarga qarab turganda nega ular tashabbus bilan chiqmaydi? Chunki hech kim yomon koʻringisi kelmaydi, amalda hamma oʻziga yaxshi boʻlishini xohlaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Prezidentning yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi A.Abduvohitovda talabchanlik yetishmayotganini, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov foliyatida natija koʻrinmayotganini tanqid qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?