Mirobodda 20 yoshli haydovchi qiz YTH sodir etishi oqibatida 56 yoshli piyoda hayotdan koʻz yumdi
2021-yil 13-iyul kuni taxminan soat 06:40 da Mirobod tumanidagi Nukus va Mirobod koʻchalari kesishmasida “Tracker” avtomobilini (davlat raqami 01 X 814 AB) boshqarib borgan 20 yoshli Laurita Z. boshqaruvni bajara olmasdan 56 yoshli piyoda Mirkomil Ya.ni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Piyoda badan shikastlari oqibatida voqea joyida hayotdan koʻz yumdi.
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
- Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
- Insoniyat yangi rekordni qayd etdi
- Toshkentda O‘zbekiston va Turkiyaning uchta vazirlik va idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
- 23 kun: Toshkentdagi ayrim koʻchalarda transport harakati qisman cheklanadi
- Quvayt elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring