“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining yangi ramzi maʼqullandi. Undagi qush “Lison ut-tayr”dan olingan

19:37 08 Iyul 2021 Siyosat
1012 0

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov maʼlum qildi.

"Ramzning tavsifi quyidagicha:

Yashil rangdagi yarim oy, unumdor zaminimiz bilan birga muqaddas qadriyatlarimizga ishora.

Moviy rangdagi zamin xalqimizning halol va pok ruhiyati nishonasi.

Simurgʻ qushi – Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" asaridan olingan farovonlik va tiklanish ramzi boʻlib, fikrlar va gʻoyalar turli boʻlsa ham yagona maqsad yoʻlida birlashishga chaqiradi.

Navoiy dunyoning turli joylariga farovonlik qushi Simurgʻni izlab, xarob boʻlgan oʻttiz qush uni izlamasdan birlashganlarida Simurgʻ (oʻttiz qush-forscha) ularning birlashgan holati ekanligini taʼkidlaydi.

Partiya ramzi barakali Oʻzbekiston zaminida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, halol va bagʻrikeng xalqimizni yagona maqsad yoʻlida birlashtirish maqsadlarini ifoda etadi" deb yozadi MTDP fraksiyasi rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?