Milliy mahsulotlarimiz Germaniyada namoyish qilindi

Germaniyaning Berlin shahrida “Fruit logistica — 2019” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash, qadoqlash, tashish hamda ularni eksport va import qilish sohasidagi eng soʻnggi yutuqlar namoyish etilgan ushbu yarmarkada oʻzbekistonlik tadbirkorlar ham qatnashishdi.
Xususan, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi koʻmagida “Agroliniya Samarqand” MCHJ, “Samarqand Garden Plast“ MCHJ QK, “Agro Invest TNA” MCHJ, “Dekhanabad Asl Anori” MCHJ , “Komil” FX hamda “Agro Farovon Zamin” MCHJ korxonalari oʻz mahsulotlarni namoyish qilishdi.
— Mazkur koʻrgazmaning biz, ishlab chiqaruvchilar uchun foydali tomonlari juda koʻp, — deydi “Dekhanabad Asl Anori” MCHJ vakili Isroiljon Neʼmatov. — Nega deganda, bu yerda, avvalo, dunyo oziq-ovqat sanoatidagi oʻzgarishlardan, qoʻllanilayotgan ilgʻor ishlanmalardan xabardor boʻlamiz. Qolaversa, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni sotish uchun xaridorlar, ishonchli sheriklar topishda ham uning ahamiyati yuqori.
Xorijiy korxonalar vakillari bilan mahalliy tadbirkorlar oʻrtasida uchrashuvlari tashkillashtirildi. Ushbu muzokaralar natijasida mahalliy eksporter korxonalar va Polsha respublikasining “Jotagris” va “VEGRO” korxonalari, Moldovaning “Orlando” hamda Gollandiyaning “TGS Business & Development Initiatives” korxonalari oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha 3,6 mln. dollarlik eksport kelishuvlariga erishildi.
Shuningdek, Ispaniyaning “Rabita agrotextil”, “Diego Martinez”, Yaponiyaning “Silky” va Gollandiyaning “Geerlofs” hamda Angliyaning “Vekuplast” kompaniyalari bilan Fargʻona viloyatiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi uskunalarni olib kelish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring