Milliy gvardiya vakolatlari kengaymoqda

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir qator qonunlar ikkinchi oʻqishda deputatlar tomonidan koʻrib chiqilishi uchun maromiga yetkazilayotgan boʻlsa, qonun tashabbusi huquqiga ega subyektlar tomonidan kiritilgan yana ayrim qonun loyihalari birinchi oʻqishda muhokama qilish uchun masʼul qoʻmitalar tomonidan tayyorlanmoqda. Ulardan biri “Qoʻriqlash va nazorat-litsenziyalash faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻlib, u Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi.
“Ushbu qonun loyhasining ishlab chiqilishi zarurati nimada edi?”, degan savol tugʻilishi tabiiy. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga, muqaddam Ichki ishlar vazirligi tarkibida boʻlgan Qoʻriqlash Bosh boshqarmasi va uning boʻlinmalari, Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha alohida batalyoni, Nazorat-ruxsat berish faoliyati boʻlimi oʻtkazildi va bu oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritishni talab etadi.
Loyiha qonun tashabbuskori tomonidan quyi palataga kiritilganidan soʻng Mudofaa va xavfsizlik malalalari qoʻmitasi tomonidan sohaga oid amaldagi qonun normalari oʻrganildi, ekspertlar va mutaxasislar fikr-mulohazalari olindi va qonun loyihasi birinchi oʻqishga tayyorlandi.
Loyiha bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning huquqbuzarliklar oldini olish yoʻnalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.
Ayni paytda qonun loyihasi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhiga taqdim etilgan boʻlib, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Alisher HAMROYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring