“Milan”ning 20 yoshli sobiq futbolchisi oʻz joniga qasd qildi

00:39 06 Iyun 2021 Sport
1302 0

Foto: acmilan.com

Italiyaning “Milan” klubi yoshlar jamoasining sobiq yarim himoyachisi Seid Visin oʻz joniga qasd qilgan. Bu haqda «Corriere della Sera» xabar bermoqda.

Yosh futbolchining jasadi ota-onasi tomonidan Kampaniya mintaqasidagi Nochera-Inferiore  shahridagi xonadonidan topilgan.

Seid Visin Efiopiyada tugʻilgan. U yetti yoshida Apennin yarim oroliga koʻchib kelgan edi. Boʻlajak futbolchini mahalliy oila asrab oladi. Bir necha yil oldin Visin “Milan” yoshlar akademiyasida tahsil olgan va u yerda hozirda jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan Janluiji Donnarumma bilan bir xonada yashagan. 2017-yilda Seid futbol futzalga oʻtgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?