«Mikrokreditbank»: kichik biznesning doimiy hamkori

09:53 24 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
277 0

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish haqida gap ketganda, «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik tijorat banki faoliyati alohida tilga olinadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki aynan ushbu moliya muassasasining mikromoliyaviy xizmatlari tufayli joylarda koʻplab tadbirkorlik subyektlari paydo boʻlmoqda. Yangi ish oʻrinlari yaratilib, odamlar daromadiga daromad qoʻshilmoqda. Turmushi yaxshilanmoqda. Ichki bozorimiz xaridorbop mahsulotlar bilan boyiyapti. Bunda, tabiiyki, soʻnggi yillarda bank va mijoz oʻrtasidagi masofa tobora “qisqarib”, moliya muassasasining mijoz uchun qulay shartlarda taklif etayotgan xizmatlari turi tobora kengayib borayotgani ayni muddao boʻlayotir.

Aytish kerakki, bu borada «Mikrokreditbank» oʻziga xos tajriba ega. Chunki ushbu soha vakillarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga ixtisoslashtirilgan mazkur bank tadbirkorlarning haqiqiy koʻmakchisiga aylangan. Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarning bari, birinchi navbatda, mijoz manfaati ustuvorligini kafolatlaydi. Bunga bankning Andijon viloyati mintaqaviy filialining bugungi faoliyati yaqqol misol boʻla oladi.

Ayni paytda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining Andijon viloyati mintaqaviy filialida 37 mingta mijozga xizmat koʻrsatib kelinayotgan boʻlsa, shundan 3635 tasi yuridik mijozlar, qolgani esa jismoniy shaxslardir. Bank tomonidan kichik xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barcha yoʻnalishlarini takomillashuvi uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida Andijon viloyatida xalq xoʻjaligining tarmoqlarining barcha yoʻnalishlariga jami 247, 8 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratdi. Bundan 102,1 mlrd. soʻmi bankning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan boʻlsa, 145,7 mlrd. soʻmi byudjetdan tashqari va xorijiy kredit liniyalari hisobidan berilgan. Ushbu kreditlar hisobiga joriy yilning 8 oyida jami 6195 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Bundan tashqari, «Mikrokreditbank» Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi majlis bayoniga muvofiq, mamlakatimizda quyonchilikni rivojlantirishga masʼul moliya muassasasi etib biriktirilgan. Eʼtiborlisi shundaki, bank tomonidan oʻtgan vaqt mobaynida ushbu yoʻnalishda koʻplab loyihalar roʻyobga chiqarildi. Tashabbuskor tadbirkorlar gʻoyalari qoʻllab-quvvatlandi va jarayon hozir ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Andijon viloyatida 46 ta agrofirma klaster usulida faoliyat yuritish uchun tashkil etilib, quyonchilik sohasini kengaytirishga bank tomonidan 44,0 mlrd. soʻmlik imtiyozli kreditlar taqdim etildi.

Bugungi kunga qadar 4 482 ta aholi xonadonlariga 44 826 bosh quyon tarqatildi. Shu paytgacha tarqatilgan 44 826 bosh ona quyonlarning har biri yil yakuniga qadar uch marta, oʻrtacha oltitadan bolalashi inobatga olinsa, yil kelgusi yil boshida ularning soni 806,8 ming boshga yetadi.

Qayd etib oʻtish joizki, bankning Andijon filiali tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020-yilning yanvar-avgust oylarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 2170 ta aholi va tadbirkorlik subyektiga 77,0 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Shundan 1242 tasiga jami 47,4 mlrd soʻm miqdorida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Bu kabi loyihalar tizimli ravishda davom ettirilib, oilaviy tadbirkorlik hamda quyonchilik rivoji yoʻlida qator ishlar amalga oshiriladi.

Bank axborot xizmati.
Reklama huquqi asosida

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?