Mikroelementlar yetishmasligi intellektual rivojlanishga taʼsir qiladi

14:05 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
2269 0

Toʻgʻri ovqatlanish organizmning normal oʻsishi va rivojlanishi, insonning ishchanlik qobiliyatiga keskin taʼsir qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari majmuida millionlab moddalar tarkib topgan. Moddalarning har biri inson salomatligi uchun muhim biologik faollikka ega.

Biroq barchaga maʼlumki, bugungi kunga kelib ovqatlanish tartibi buzilgan va koʻpchilik tayyor hamda yarim tayyor mahsulotlarni afzal koʻrmoqda. Bu esa oʻz oʻrnida inson organizmi uchun kerakli moddalarning yetishmovchiligiga sabab boʻlmoqda.

Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida biologik faol qoʻshimchalar isteʼmoli ommalashmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, biologik faol qӯshimchalar dori vositalari emas, balki oʻsimlik, hayvonot yoki mineral xom ashyodan olinadigan tabiiy yoki tabiiy moddalar bilan bir xil boʻlgan biologik faol moddalardir.

Biologik faol moddalar, umuman olganda yetarli darajada mikroelementlarni isteʼmol qilish uchun ovqatlanish xilma-xil boʻlishi lozim.

“Chaqaloqlar, yosh bolalar, oʻspirinlar, tugʻish yoshidagi ayollar va homilador ayollar vitaminlar va minerallarga boʻlgan ehtiyojning koʻpayishi tufayli mikroelementlar yetishmovchiligiga juda sezgir boʻlib qolishadi. ... Bola hayotining dastlabki 1000 kuni davomidagi yaxshi oziqlanmasligi kasallik va oʻlim xavfini oshiradi hamda aqliy va jismoniy oʻsishni toʻliq genetik salohiyatdan past darajagacha cheklaydi...

Bu holat insonning butun hayoti davomida unga taʼsir qilishi va ushbu taʼsir bir necha avlodlargacha tarqalishi mumkin”, deydi Nodira Zokirova, (pediatr).

Biz shuningdek, mikroelementlarning yetishmasligi tufayli yuzaga keladigan baʼzi xastaliklarni oʻrgandik.

Tahlillarga koʻra, kamqonlik Oʻzbekistondagi bolalarning 15 foizida uchraydi. Achinarlisi shundaki, ikki yoshgacha boʻlgan har toʻrttadan bir bolada kamqonlik aniqlandi. Ushbu holatlarning 75 foizi temir moddasining yetishmasligi bilan bogʻliq.

Oʻsmir qizlarda temir moddasining tanqisligi darajasi deyarli 50 foizni tashkil etdi, shuningdek, Oʻzbekistonda reproduktiv yoshdagi ayollar kuchli yashirin ochlikdan aziyat chekishi aniqlandi. Homilador boʻlmagan har besh ayoldan bittasida kamqonlik, har beshtadan birida esa V12 vitamini yetishmovchiligi mavjud.

Bu shuni anglatadiki, ayollarning taxminan yarmi oʻz homiladorligini yangi tugʻilgan chaqaloqda asab naychalari nuqsoni bilan tugʻilish ehtimoli yuqori boʻlgan vaqtda boshlaydi.

BMTning maʼlumotlariga koʻra, sayyoramiz aholisining 33 foizdan ziyodi (2,5 mlrd) eng asosiy mikroelement (Ca, J, Mg,..), vitaminlar, suv va kislorod yetishmasligidan (yashirin ochlik) intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda.

“Aqlli tibbiyotni asosiy vazifasi oilalarni oʻrtacha umrini uzaytirish va naslini sifatini yaxshilab, miya qobiliyatini har kun rivojlantirish omillarini (12 ta) tahlil qilish. Buning uchun AQSH, Yaponiya va YEI tajribasidan kelib chiqib, yoʻl xaritasi tuzib, har bir insonga individual sogʻlom turmush taʼzirini va biologik faol qoʻshimchalar tavsiya etish zarur”, deydi Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidaxror Gʻulomov.

Bundan kelib chiqadiki, Oʻzbekistonda ham endilikda biologik faol moddalar savdosi keng rivojlanishi lozim

Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab boʻlayotgan “BEVERLee Club” kompaniyasi faoliyatini oʻrgandik. Maʼlumki kompaniya mahsulotlarini 150 ga yaqin kasalliklarni oldini olishga yordam beradigan biologik faol qoʻshimchalardan iborat deb xaridorlarga taqdim etmoqda. Qayd etilishicha, preparat yuqori sifatli dengiz minerallaridan tarkib topgan sogʻlomlashtirish va goʻzallik vositalaridir.

Maʼlum qilinishicha, kompaniya shu kunga qadar 26 minggga yaqin aholini ish bilan band qilmoqda. 

“Kompaniyamiz qonuniy faoliyat olib boradi. Jumladan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan biologik faol qoʻshimchalarni olib kirishga oid ruxsatnomamiz bor. Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda oʻz faoliyatini olib boradi va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida roʻyxatda turadi va qonunda belgilangan tartibda soliq va bojxona toʻlovlarini toʻlaydi, 2019-yili yakunlari boʻyicha qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga jami qariyb 3 mlrd soʻm soliq toʻlovlarini toʻlagan; 2020-yilning birinchi yarim yilida, pandemiya boʻlishiga qaramasdan, 3,5 mlrd soʻm soliq va bojxona toʻlovlarini amalga oshirgan», deydi MCHJ taʼsischisi Shohjahon Sherdilov.

Aholi orasida ushbu kompaniya mahsulotlari Yaponiyada ishlab chiqarilishiga qaramay, Yaponiyaning oʻzidan topib boʻlmasligi haqida turli fikrlar bildirilgani bois ularga aniqlik kiritmoqchi boʻldik.

Shohjahon Sherdilovning aytishicha, Yaponiyadan bu mahsulotni topsa boʻladi.

“Bu kompaniyaning 2 mingdan ortiq mahsulotlari bor. Kompaniya bilan biz shu 5 turdagi mahsulotga 49 yilga shartnoma qilganmiz. Bu mahsulotlar 49 yil davomida “BEVERLee Club” nomidan ishlab chiqariladi, shunchaki zavod Yaponiyada”, deydi Sherdilov.

Savol tugʻiladi, bu mahsulotlardan isteʼmol qilib, natijasini sezganlar bormi? Xuddi shu savolga javob olish uchun bir necha kishiga murojaat qildik. Ulardan biri oʻzi isteʼmol qilmagani, biroq ammasiga ijobiy taʼsir qilganini aytib berdi.

“Oʻzim sotib olganim yoʻq, sababi biroz qimmat ekan. Lekin ammam seroz boʻlib yotgandilar. Bolalari umidini uzgandi, ogʻirlashib qolgandilar. Oyimlar shu doridan olib boribdilar. Yaqinda gaplashsam “ammang tikish qilyapti”, dedilar. Ammamni tuzalib ketishlariga bu dorilarni qanchalik aloqasi bor aniq bilmaymiz. Lekin sababchi boʻldi. Hozir oyimlar ham shu doridan olib, ichishyapti”, dedi buxorolik ayol.

Ushbu kompaniya mahsulotlarini oʻrganar ekanmiz, “Koral kalsiy” mahsuloti Yaponiyaning eng janubiy nuqtasi - Okinava dengizidagi marjon qoyalardan ishlab chiqariladi. Boshqa kalsiy turlariga qaraganda yuqori singdirish qobiliyatiga ega, magniyni oʻz ichiga olgan 60 ga yaqin dengiz minerallari mavjud.

Bu esa oʻz oʻrnida bir inson kun davomida isteʼmol qilishi lozim boʻlgan deyarli barcha biologik faol moddalar yig'indisi demakdir. Bu kabi moddalarni barcha ovqatga qoʻshimcha ravishta, har kuni isteʼmool qilishi lozim.

(Hamkorlik asosida tayyorlandi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?