Mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Savdo-sanoat palatasi aʼzoligiga tekin qabul qilinadi

“Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–15-son, 23.01.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi.
Palata, jumladan, aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, maʼmuriy, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.
2023-yil 1-fevraldan mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Palata aʼzoligiga, aʼzolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.
Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, daʼvolar hamda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari boʻyicha davlat boji toʻlovlaridan ozod etiladi.
Qarorga koʻra, Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilgʻor tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Samarqand davlat universiteti — Markaziy Osiyodagi noyob oliy taʼlim dargohi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring