Migrantlarni qattiq nazorat qilish lozim, biroq viza rejimini joriy qilish notoʻgʻri — Rossiya TIV

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat hududidagi muhojirlarning xulq-atvoriga nisbatan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidladi, deb xabar bermoqda “Lenta”nashri.
Unga koʻra, Lavrov Rossiyaga Markaziy Osiyo, Kavkaz va boshqa sobiq Sovet respublikalaridan kelgan muhojirlarga nisbatan qattiqroq yondashish mamlakatning uzoq muddatli manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin, deb hisoblaydi.
“Biz migrantlarning xatti-harakatlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatishimiz lozim, ammo ularning oldiga toʻsiq qoʻymasligimiz kerak. Ayniqsa, viza rejimini joriy qilishimiz xato boʻladi”, — deydi u.
Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vaziri mamlakatda migrantlarni nazorat qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilayotganini, biroq bu harakatlar Rossiyaga kelmoqchi boʻlgan mehnat migrantlariga muammolar yoki toʻsiqlar yaratmasligini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring