“Microsoft” tasvirlarni tushuna oladigan va vizual jumboqlarni yechishi mumkin boʻlgan neyrotarmoqni taqdim etdi

19:47 26 May 2023 Dunyo
644 0

“Microsoft” kompaniyasi tadqiqotchilari tasvirlarni tahlil qila oluvchi, ularning mazmunini tushunuvchi, vizual jumboqlarni yechishi va IQ-testlarni ishlay olishi mumkin boʻlgan “Kosmos-1» multimodal neyrotarmogʻini taqdim etdi.

Hozirgi kunda kompaniya mutaxassislari neyrotarmoq sinov va oʻrganishlar jarayonida ekanligi, natijalarga koʻra “Kosmos-1» bugungi kundagi eng zamonaviy modellaridan ustunroq ekanligini maʼlum qilishgan.
Neyrotarmoq bazasiga 800 GBdan ortiq ingliz tilidagi maʼlumotlar joylashtirilgan boʻlib, kelajakda olimlar modelga nutq yaratish qobiliyatini qoʻshishmoqchi.

Tadqiqotchilar matn, audio, tasvir va video kabi turli xil kiritish usullarini birlashtira oladigan multimodal neyrotarmoq, umumiy vazifalarni bajara oladigan sunʼiy intellektni yaratish uchun asosiy qadamlardan biri, deb hisoblaydilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер