Meva va miya bogʻliqligiga oid yana bir «mif» fosh qilindi
Illyustrativ foto
AQSHning Nyu-York va Janubiy Koreyaning Sidney universitetlari olimlari koʻproq mevalar isteʼmoli miya hajmining kattaligiga hissa qoʻshishi haqidagi tushunchaning «mif» ekanligini isbotlab berdi. Olimlarning fikricha, miya rivojlanishi uchun boshqa omillar ham muhim hisoblanadi.
Bu Germaniyaning Maks Plank nomidagi ilmiy tadqiqotlar jamiyati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqotda maʼlum boʻldi.
Olimlar oʻrganishlar davomida 140 turdagi maymunlarning miya hajmiga taʼsirni tushunish uchun ularning ovqatlanish ratsionini oʻrganib chiqdi. Bu jarayonda meva isteʼmoli va katta miya oʻrtasida bogʻliqlik yoʻqligi maʼlum boʻldi. Vaholanki, ayrim jonivorlar juda koʻp mevalar, boshqalari asosan barglar yoki hasharotlarni isteʼmol qilgan.
Doktor Jeyms Xaym fikricha, ijtimoiy va atrof-muhit omillari miya hajmiga ovqatlanishdan koʻra koʻproq taʼsir qilishi mumkin. Bunga ijtimoiy oʻzaro taʼsirlarning murakkabligi va yashash joylari bilan bogʻliq muammolar misol sifatida koʻrsatildi. Bu miya rivojlanishi faqat isteʼmol qilinayotgan mahsulotga bogʻliq emasligidan dalolatdir.
Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, miya hajmining aqliy qobiliyat bilan bogʻliqligi hali yetarlicha oʻrganilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Irodani qanday mustahkamlash mumkin?
- “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini oʻzgartirish” mavzusida Toshkent shahrida oʻtkaziladi
- TDSI Turkiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
- Eng ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan “Oltin to‘p” Rodriga nasib qildi
- Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?
- Fargʻonada fuqaro suv taʼminoti xodimini urib jagʻini sindirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring