Metroda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan fuqaroga jazo tayinlandi

22:29 06 Dekabr 2021 Jamiyat
717 0

2021-yil 2-dekabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi K. Sh. (1989-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, K. Sh. 2021-yil 18-sentyabr kuni Toshkent metropoliteni poyezdining vagonida voyaga yetmagan qiz bolaga nisbatan nojoʻya harakatlar qilgan boʻlib, Jinoyat kodeksining 129- moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida uzil-kesil oʻtash uchun 1 yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.

Hukmdan norozi taraflar hukm eʼlon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?