Metallurglar bayramga munosib tuhfa hozirlashdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Chirchiq shahrida joylashgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi bugungi kunda kombinatning eng ilgʻor jamoasiga aylandi. Bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari oʻziga xos uslubda tashkil etilgan. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan korxonada kukunli metallurgiya usuli bilan volfram va molibden chuqur qayta ishlanib, turli xil mahsulotlar, qotishmalar hamda chidamli shamotli gʻishtlar ishlab chiqarilmoqda. Bozor talablari chuqur oʻrganilib, keramik mahsulotlar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyildi.
Ana shunday keng qamrovli faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasi mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayramiga munosib tuhfa sifatida joriy yil yakunigacha koʻzda tutilgan 382,3 mlrd. soʻmlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish prognoz rejasini 396, mlrd. soʻmga bajardi.
Soʻzi bilan ishi bir jamoa oʻz faoliyatini yil sayin mukammallashtirishga, ichki va tashqi bozorga sifatli mahsulotlar yetkazib berib, oʻz brendini takomillashtirishga erishmoqda. Masalan, keyingi yillarda davlatimiz tomonidan berilgan imkoniyat va erkinlik tufayli, korxona ishchi-xizmatchilari ilmiy izlanishlar natijasi tufayli bir qator yangi turdagi mahsulotlar olishga erishdi. Jumladan, ferromolibden, qurilish jarayonlari uchun zarur boʻlgan quruq aralashma, shuningdek, qattiq qotishmali podshipniklar, oktamolibdat ammoniy, titan-tantal qattiq qotishmasi, yuqori gidropenevmatik plitalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Birlashma qoshida Oʻzbek-Koreys ilmiy texnologik markazi ham faoliyat yuritmoqda. Bu yerdagi olimlar, muhandis-texnik xodimlarning ilmiy izlanishlari korxonaga yuqori samara keltiryapti. Shu bois birlashma jamoasi joriy yilning 1-yarim yilligini 193,7 mlrd. soʻm sof foyda bilan yakunlashga erishdi.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring