Meta korporatsiyasi Oʻzbekistonda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazmoqchi

06:32 19 May 2022 Jamiyat
577 0

Foto: Illustrativ foto

Meta Platforms Inc. Oʻzbekistonda Meta Pay tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga ariza berdi. Bu boradagi tegishli maʼlumot Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bazasida paydo boʻlgan.

Facebook, Instagram va WhatsAppʻni boshqaruvchi kompaniya 16-may kuni ariza bergan. Unda quyidagi faoliyat turlari koʻrsatib oʻtilgan:

— onlayn toʻlovlar hamda tovar va xizmatlarni sotib olish uchun yuklab olinadigan dasturiy taʼminot, elektron moliyaviy platforma;

— moliyaviy xizmatlar, elektron kartalar bilan tranzaksiyalarni qayta ishlash;

— tranzaksiyalar va onlayn-oʻtkazmalar, jumladan, kriptovalyutalarni qayta ishlovchi dasturiy taʼminotni taqdim etish.

Meta Pay — Mark Sukerberg korporatsiyaning yangi nomi boʻlib, oʻzining toʻlov tizimi uchun rebrending sifatida tanlangan. 2009-yildan hozirgi kunga qadar u Facebook Pay sifatida ishlab kelgan. Bu nom ostida 160 davlatga kirib borgan va 55 valyutada toʻlovlarni qabul qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?