Messining sobiq jamoadoshi unga 70 yoshgacha futbol oʻynashni tavsiya etdi

20:32 12 Iyun 2020 Sport
415 0

Kamerun milliy terma jamoasi hamda “Real Madrid”, “Barselona”, “Inter”, “Chelsi” kabi mashhur klublarning sobiq aʼzosi Samuel Eto Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messiga faoliyatini 70 yoshiga davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda “Marca” nashri yozmoqda.

“Hozir 32 yoshga toʻlgan Messining oʻyinidan muxlislar iloji boricha koʻproq zavqlanishi kerak. Leo — dunyodagi va futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Messi bizni iloji boricha uzoqroq xursand qilish uchun 70 yoshga toʻlguncha oʻynashi kerak” — deydi Eto.

Samuel Eto 2004 — 2009-yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?