Messi “PSJ”ni tark etishga qaror qilgan — OAV

00:50 08 Yanvar 2022 Sport
674 0

Foto: AP

Fransiyaning “PSJ” klubi oʻzining yulduz hujumchisi Lionel Messidan ayrilishi mumkin. 

“El Chiringuito TV” xabariga koʻra, 34 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum yakunida fransuz grandini tark etish niyatida.

Messi faoliyatini qayerda davom ettirishni rejalashtirayotgani hozircha nomaʼlum. Avvalroq OAVda hujumchi MLS (AQSH chempionati) klublaridan biriga oʻtishni oʻylashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Messi 2021-yilning yozida parijliklar safiga qoʻshildi. U “PSJ” bilan ikki yillik shartnomani imzolagan.

Futbolchi fransuz klubiga tekinga tushgan edi. Chunki uning Ispaniyaning “Barselona” klubi bilan shartnomasi 2020/2021-yilgi mavsum oxirida yakuniga yetdi va jamoa moliyaviy muammolar tufayli u bilan hamkorlikni davom ettira olmasligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?