Merkel: Germaniya iqtisodiyoti ikkinchi lokdaunga bardosh bera olmaydi

Germaniya iqtisodiy nuqtayi nazardan yangi lokdaunga bardosh bera olmasligi mumkin. Ushbu mamlakat joriy yil bahorida koronavirusning birinchi toʻlqini paytida ana shunday inqirozni boshdan oʻtkazgan edi.
Bu haqda kansler Angela Merkel federal yerlar bosh vazirlari bilan uchrashuvdan soʻng aytib oʻtdi, deb xabar berdi TASS.
Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya bilan bogʻliq vaziyatni zudlik bilan nazoratga olish zarur.
“Biz faqat shu yilning oʻzida 250 milliard yevrodan ortiq yangi qarzni nazarda tutadigan byudjetni qabul qildik. Shuning uchun biz, shu jumladan iqtisodiy jihatdan ham bahordagi kabi oqibatlarga olib keluvchi ikkinchi toʻlqinga duch kelmasligimiz kerak”, degan Angela Merkel. Kansler mamlakat pandemiyaga qarshi kurashning muhim bosqichida ekanligini va kelgusi haftalarda odamlarning xatti-harakatlari juda muhim boʻlishini taʼkidladi. Merkel yangi kasallanishlar sonining eksponent ravishda koʻpayishidan xavotirda ekanligini aytib oʻtdi.
Uchrashuv davomida kansler va mintaqalar rahbarlari xatar zonalarida fuqarolarning joylashuviga yagona taqiq kiritsh masalasida yakdil fikrga kela olishmadi. Unda bir hafta mobaynida virusni yuqtirganlar soni 50 ming kishidan 100 ming kishiga koʻpayadigan hududlarni xavf zonasi deb eʼlon qilish nazarda tutilgan edi.
Merkel taʼkidlaganidek, buni amalga oshirish oson emas. Ushbu mavzu shu hafta bir necha yerlarda boshlangan kuzgi taʼtillardan soʻng muhokama qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring