Meritokratiya tamoyili asosida Bekobod tumani hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali viloyat hokimligi bilan hamkorlikda hokim oʻrinbosari vakant lavozimiga boʻlgan ochiq mustaqil tanlovni soʻngi bosqichi, suhbat jarayonini oʻtkazdi.
Hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari vakant lavozimiga jami 13 nafar nomzod hujjat topshirgan boʻlib, suhbat jarayoniga 4 nafar nomzod malaka talablari asosida saralab olindi hamda joriy yilning 16-oktyabr kuni vakant boʻlgan hokim oʻrinbosari lavozimiga ochiq mustaqil tanlov ZOOM platformasi orqali boʻlib oʻtdi.
Meritokratiya tamoyili asosida oʻtkazilgan tanlovda Avaz Jumaboyev eng munosib nomzod deb topilib, Bekobod tuman hokimining 2020-yil 16-oktyabrdagi qaroriga asosan hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring