“Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi

14:41 08 Aprel 2026 Hujjatlar
184 0

Illyustrativ foto

“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida “huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan gʻolib deb eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
  • “Mening bogʻim” loyihalarini hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish;
  • “Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish.

Shuningdek, mazkur Farmonga koʻra, “Ochiq byudjet” axborot portalidagi tanlovda gʻolib boʻlmagan kamida 1 ta “Mening bogʻim” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, gʻolib deb eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?